QIR

QIR — atrofidagi yerlardan bir oz koʻtarilib turgan. yassi yoki salgina gumbazsimon balandlik, tepalik, platolar. Pasttekisliklarga nisbat qilib, mutlaq bal. 200 m dan 500 m gacha deb qabul qilingan. Baʼzan bundan ham baland boʻlgan usti yassi past togʻlar ham Qir deyiladi. Mas, Oʻrta Rossiya, Volgaboʻyi, Qizilqum va Qoraqumdagi togʻlar. Qirlar baland tekisliklar, togʻlarning oqar suv, shamol, nurash natijasida yemirilishidan, tektonik koʻtarilishlar natijasida hosil boʻladi. Qir lardan Oʻzbekistonda chorva mollari uchun yaylov sifatida va bahorikor dehqonchilik qilishda foydalaniladi. Fargona vodiysi landshafti Oʻrta Osiyodagi tipik Qir larga misol boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x