LISSABON

LISSABONPortugaliya poytaxti. Mamlakatning eng muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Eshtremadura tarixiy viloyati va Lissabon okrugining markazi. Atlantika okeani qirgʻogʻidan 15 km ichkarida. Teju daryosi estuariysi oʻng sohilidagi yirik port. Muxim t. y. tuguni. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 678 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari, shahar atrofi bilan 2,5 mln. kishi). Iklimi subtropik okean iqlimi, yillik oʻrtacha t-ra 16°. L. oʻrnida qadimda iberi qabilasining manzilgohi boʻlgan. Mil. av. 2-a. da Lissabonni rimliklar, 6-a. da vestgotlar, 8-a. da arablar bosib olganlar (L. ning arabcha nomi AlOshbuni yoki Lishbuna). 1147-y. dan Portugaliya qirolligi tarkibida. 1255—56 y. lardan mamlakat poytaxti, 1581 — 1640-y. larda Ispaniya hukmronligi ostida boʻlgan. 1640-y. da Portugaliya mustaqilligi uchun boʻlgan qoʻzgʻolon markazi ga aylangan. 1755-y. dagi halokatli zilziladan soʻng shahar butunlay qayta qurilgan. 1807—08 y. larda Lissabonni Napoleon askarlari bosib olgan.

Lissabon va shahar atrofida metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik va kema remonti, vagonsozlik, metall va elektrotexnika jihozlari i. ch. va b.), kimyo (jumladan, sintetik kauchuk va farmatsevtika mahsulotlari i. ch.) va metallsozlik, neftni qayta ishlash, oyna-shisha, chinni, yogʻochsozlik sanoatining koʻplab korxonalari mavjud. Xalq isteʼmoli tovarlari i. ch. bilan bogʻliq boʻlgan toʻqimachilik, tikuvchilik sanoatlari jadal rivojlandi. Lissabonda yirik birlashmalarning boshqaruv organlari, savdo firmalari, yirik banklar, chet el kompaniyalari vakolatxo-nalari joylashgan.

Lissabon xalqaro turizmning yirik markazlaridan. Balneologik kurort va dam olish zonalari va uning atrofida meʼmoriy yodgorliklari koʻp: San-Jorji qalʼasi (14-a.), Jeronium monastiri (1502—20), qirol saroyi (16-a. da tiklangan) va b.

Lissabonda un-t, Katolik un-ti, FA, Xarbin akademiya, Milliy musika akademiyasi, nafis sanʼat maktabi, i. t. muassasalari, muzeylar, teatrlar, kartinalar galereyasi, botanika bogʻi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x