NORINTOV

NORINTOV — Ichki Tyanshandagi togʻ tizmasi. Qirgʻizistonda, Otboshi daryo vodiysi bilan Norin daryosi vodiysi orasida kenglik boʻyicha 145 km ga choʻzilgan. U gʻarbda Otboshi daryosi orqali Qoratov va Boybichatovdan, sharqda Jaldjar (Otboshining irmogʻi) daryosi orqali Barkoldoy togʻidan ajralib turadi. Norintovning jan. da Otboshi, shim. da Nura va Jetimtov joylashgan. Norintov baland togʻ hisoblanib ayrim choʻqqilari 4500 m dan ziyod. Tizmaning oʻq qismi ohaktosh va metamorfik slanes, granitlardan tashkil topganligi tu-fayli qoyali, qirrali boʻlib, kichik muzliklar va doimiy qorlar bilan qoplangan. Qishi sovuq, davomli, yozi sal-qin va qisqa. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 18, —20°, iyulniki quyi qismida 15—17°, eng baland qismida 0° atrofida. Yillik yogʻin 200—400 mm. Shim. yon bagʻri Norin vodiysiga tik tushgan. Jan. yon bagʻri qiya, jarlar bilan oʻyilgan. Asosan, togʻ-oʻtloq, togʻ-dasht land-shafti mavjud boʻlib, baʼzi nam koʻproq boʻlgan qismlarida tyanshan qoraqaragʻayi oʻsadi. Tik yon bagʻirlari qoya va qurum toshlardan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x