LEBAP VILOYATI

LEBAP VILOYATI — Turkmanistondagi viloyat (dastlab 1939-y. 20 noyab. da tashkil etilgan, 1963-y. da tugatilgan. 1970-y. 14-dekabrda qayta tiklangan). 1993-y. gacha Chorjoʻy viloyati nomi bilan yuritildi. Qoraqum choʻlining sharqida Amudaryo oʻrta oqimining har ikki sohilida joylashgan (Lebap — Labiob, yaʼni, Daryo boʻyi, nomi shundan). Mayd. 93,8 ming km2. Aholisi 1034,7 ming kishi (1999). Viloyatda 13 tuman, 4 shahar, 26 shaharcha, 103 qishloq va 458 aholi punkti bor. Viloyat markazi Turkmanobod shahri.

Tabiati. Lebap viloyati hududining 75%ni Qoraqum choʻli egallagan. Viloyat hududi shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa 690 km ga choʻzilgan, eni sharqdan gʻarbga 135 — 225 km. Lebap viloyati shim. da Amudaryoning gʻarbida Zaunguz Qoraqumigacha yetib, Mari—Turkmanobod t. y. dan jan. da Qorakumning jan.-sharqiy qismini oʻz ichiga olgan. Viloyatning jan.-gʻarbiy chekkasida Qorabel qirlarining bir qismi joylashgan. Shim.-sharqiy qismi (Amudaryoning oʻng sohili) Qizilqum choʻlidan iborat, undan jan.-sharqda Sandiqli qum choʻli mavjud. Viloyatning jan.-sharqiy chegarasida Mukri platosi bilan Gugurttogʻ va Koʻhitang (eng baland joyi 3139 m) togʻlari bor.

Lebap viloyati iqlimi keskin kontinental, quruq. Yozi issiq, qishi moʻtadil sovuq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 29,5°, yanv.-niki shim. da —4°, jan. da 2°. Yillik yogʻin mikdori shim. da 100 mm, jan. da 150— 200 mm. Vegetatsiya davri 203—235 kun. Koʻllardan Botli, Qargʻali, Qizilcha, Patdali, Sulton Sanjar va b. bor. Tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq. Oʻsimliklardan choʻl qismida qum bardidoshi, oq saksovul, quyonsuyak, qandim va b., Amudaryo vodiysida toʻqay oʻsimliklardan turangʻil, terak, tol oʻsadi, togʻlarda archazorlar uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan choʻllarda jayran, dasht mushugi, tulki, boʻri, chiyaboʻri, kemiruvchilardan qumsichqon, yumronqoziq, qushlardan xoʻjasavdogar, choʻl qizilishtoni, sudraluvchilardan ilon, kaltakesak, toshbaqa, Amudaryo vodiysida buxoro bugʻusi, qobon yashaydi. Lebap viloyati hududida Koʻhitang va Repetek qoʻriqxonalari joylashgan.

Aholisi, asosan, turkmanlar, shuningdek, oʻzbek, rus, tatar, ukrain, ozarbayjon, arman va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 445 ming kishi, qishloq aholisi 589,7 ming kishi. Aholisi zichligi 1 km2 ga 11 kishi (1999).

Xoʻjaligi. Viloyatda yengil va oziqovqat, gaz, kimyo, paxta tozalash, ipakchilik, qorakoʻl terisiga dastlabki ishlov berish, yogʻ-moy kabi sanoat tarmoqlari rivojlangan. Asosiy korxonalar Turkmanobodda. Tuman markazlarida paxta tozalash z-dlari, Otamurodda sut, goʻsht, non k-tlari, gilam f-kasi, q. x. mashinalarini tuzatish z-di, Gugurttogʻda oltingugurt k-ti, Seydi sh. da neftni qayta ishlash z-di bor. Turkmanoboddan shim. da neft-kimyo majmuasi barpo etilgan. Q. x. da sugʻorib dehqonchilik qilinadigan yerlarining asosiy ekini—paxta (jumladan, ingichka tolali navlar ham ekiladi). Gʻalla, poliz («gulobi» qovun navi mashhur), sabzavot ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik bilan shugʻullaniladi. Choʻl yaylovlarida qorakoʻl qoʻylari, Amudaryoga yaqin yerlarda qoramol boqiladi. Lebap viloyati Turkmanistonning asosiy ipakchilik r-ni. T. y., avtomobil yoʻllari bor. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema qatnaydi. Asosiy pristanlari Otamurod, Nichkapir, Turkmanobod. Viloyat markazi havo yoʻllari orqali Ashxobod va b. shaharlar b-n bogʻlangan. Ped. in-ti, 3 oʻrta bilim yurti, 8 litsey, jamoat kutubxonalari, 4 muzey, teatr, 26 kasalxo-na bor. «Turkman gundogari» («Turkman sharqi») gaz. chiqadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x