LEGENDA

LEGENDA (lot. Legenda — oʻqilishi kerak boʻlgan narsa) , xaritagrafiyada — xarita mazmunini ochib beradigan barcha shartli belgilar va izohlar majmuasi. Legenda xaritaga olingan obyektning mantiqiy asosini ifoda etadi. Belgilarning ketma-ket joylashtirilishi, ularning oʻzaro bir-biriga muvofiqligi, shtrixli elementlar uchun ranglar gammasini toʻgʻri tanlab olish xaritada tasvirlanayotgan hodisa yoki jarayon tasnifiga mantiqan boʻysundirilgan boʻladi. Legenda asosiy xarita bilan uning ramkalari orasidagi boʻsh qolgan joylarda va undan tashqarida maqsadga muvofiq joylashtiriladi. Geografik atlaslar va koʻp varaqli xaritalarda Legenda alohida sahifada beriladi yoki risola holida ularga ilova qilinadi. Ad.: Saliщyev K. A., Kartografiya [3 izd. ], M., 1990.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x