LALMIKOR NEFT-GAZ KONI

LALMIKOR NEFT-GAZ KONISurxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida, Jarqoʻrgʻon sh. dan 56 km shim.-sharqda joylashgan. 1943-y. da anikdangan. Keyingi yillarda konda razvedka va sinov ishlari bajarilgan. Konning geologik tuzilishida olay, buxoro katlari va boʻr, neogen davri jinslari ishtirok etgan. Konda 63 ta burgʻi qudugʻi kovlangan. Quduqlari olay (9 ta), buxoro (44 ta) qatlari, boʻr (9 ta) va neogen (1 ta) davri jinslarida kovlangan Lalmikor neft-gaz koni tektonik jihatdan Lalmikor antiklinal strukturasida joylashgan. Lalmikor antiklinali Surxon megasinklinalining tektonik chiziqlarida oʻrnashgan. Strukturaning gum-baz qismi qiya, 2—3 kichik gumbazchalar bilan murakkablashgan. Qanotlari 27—28° enkaygan. Lalmikor neft-gaz konida kovlangan 49 ta quduqda 117 ta tekshiruv obyekti sinalgan. Ularda boʻr va paleogen yotqiziqlarining samarador qatlamlari aniqlangan. 22 tekshiruv obyektidan neft, 41 tasidan neft va suv, 23 tasidan suv olingan, 6 tasi boʻsh. Kondagi sanoat ahamiyatiga molik gorizontlar olay (L gorizont, eotsen), buxoro qatlari (I, II, III, IV, V gorizontlar — paleogen) va boʻr davri yotqiziqlari (VIII gorizont) da. Gazning debiti 55 ming m3/sutkadan 1775 ming mʻ/sutkagacha. Neftniki 1 t/sutkadan 100 t/sut-kagacha. Lalmikor koni nefti ogʻir, tarkibida oltingugurt koʻp, qatron va parafinli, 300° gacha qizdirilganda ajralib chiqadigan fraksiyalar 15 — 26 %. Gaz quruq metanli, oltingugurt, karbonat angidridi va azot kam. Kondan 1974-y. dan foydalanib kelinmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x