ShESTAKOV Aleksey Mixaylovich

ShESTAKOV Aleksey Mixaylovich (1889.18.2, Kaluj gubernyasi — 1958.12.5, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1957). Ijodiy faoliyatini 1906 yil boshlagan: Rossiyaning turli teatrlarida ishlagan. 1934-yildan (yaʼni teatrning ochilish kunidan) M. Gorkiy nomidagi rus drama teatrida ishlagan. Shestakov obrazlari yorqin va aniq talqini, nafaqat ichki, balki tashqi ifoda vositalariga ham alohida eʼtibor berishi bilan ajralib turgan. Famusov (A. Griboyedov, «Aqllilik balosi»), Murzaveskiy (A. Ostrovskiy, «Boʻrilar va qoʻylar»), Pimon (A. Pushkin, «Boris Godunov»), Kleshch, Bessemyonov (M. Gorkiy, «Tubanlikda», «Meshchanlar»), Krutiskiy («Har toʻkisda bir ayb»), Serebryakov, Gayev (A. Chexov, «Vanya togʻa», «Olchazor»), Pol Dombi janoblari (Ch. Dikkens, «Dombi va oʻgʻil») kabi obrazlari bilan shuhrat qozongan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x