KSENIYALAR

KSENIYALAR (yun. xenia — mehmondoʻstlik, xenios — mehmon, begona) — bir oʻsimlikdagi urugʻ va mevalarning tusi, shakli, katta-kichikligi yoki boshqa belgilariga koʻra oʻzaro farq qilishi. Kseniyalar changchi oʻsimlik genlarining endosperma belgilariga (birinchi tartibli Kseniyalar) yoki urugʻ qobigʻi va mevaqatga (ikkinchi tartibli Kseniyalar yoki metakseniyalar) taʼsiridan hosil boʻladi. Bu hodisani ilgari koʻpgiva tabiatshunoslar koʻrsatib oʻtgan boʻlsa ham, nemis biologi V. Fokke (1881) termin sifatida fanga kiritgan. Keyinchalik qoʻsh urugʻlanish nazariyasi kashf qilinganidan keyin Kseniyalar — ikkinchi spermiyaning murtak xaltasi markaziy hujayraning yadrosi b-n qoʻshilishi (birinchi spermiya tuxum hujayra bilan qoʻshiladi) vatijasi ekanligi aniqlandi. Shuning uchun ham changchi oʻsimlik urugʻi endospermasining ustun (domivant) belgilari urugʻchi oʻsimlikda hosil boʻlgan duragay urugʻ endospermasida koʻriva boshlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x