KROMVEL

KROMVEL (Cromwell) Oliver (1599—1658) — 17-a. dagi ingliz inqilobi arbobi, independentlar rahbari. 1640-y. Muddatsiz parlament (Qonun chiqaruvchi organ)ga saylangan. 1 — (1642—46) va 2—(1648) fuqarolar urushida qirol armiyasi ustidan gʻalaba qozongan parlament armiyasining asosiy rahbarlaridan biri. Kromvel armiyaga tayanib presviterianlarni parlamentdan haydagan (1648); qirolni qatl etish va respublika eʼlon qilinishiga koʻmaqlashgan (1649), vatijada hokimiyat Kromvel tarafdorlari qoʻlida toʻplangan. 1640-y. dan lord-general (barcha harbiy kuchlar bosh qoʻmondoni). Irlandiya va Shotlandiyada ozodlik harakatlarini, levellerlar va diggerdar harakatini bostirgan, Kromvel 1653-y. parlamentni tarqatib, yakka shaxs harbiy diktatura rejimi — protektorat oʻrnatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x