SEPKISOY

SEPKISOYSamarqand viloyatining gʻarbida Qashqadaryo havzasidagi daryo. 1100 m balandlikdagi buloqdan boshlanadi. Yuqori oqimida Jinichka nomi bilan maʼlum. Qashqadaryogacha yetib bormaydi. Xonuy qishlogʻidan 2 km shim. gʻarbda tugaydi. Uz. 39 km, havzasining mayd. 180 km2. Qoryomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Ingichka shaharchasi yonida koʻp yillik oʻrtacha suv sarfi 0,36 m3/sek., oqim moduli 2 l/sek, km2. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,13 m3/sek. dan (sersuv yilda) 0,025 m3/sek. gacha (kamsuvli yilda) oʻzgaradi. Suv toshqini fev. oʻrtasidan boshlanadi. Suvning eng koʻp sutkalik sarfi shu oyda (baʼzida martda) kuzatiladi. Suv toshqini apr. boshlarida tugaydi. Okt. —dek. da (har yili emas) yomgʻir suvlari toʻplanib qoladi. Ingichka shaharchasidan pastrokda daryo suvi ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi va Sepki qishlogʻidan pastda qurib qoladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x