KOX

KOX (Koch) Robert (1843. 11.12, Klaustal — 1910.27.5, Baden-Baden) — nemis mikrobiologi. Epidemiologiya va bakteriologiya asoschilaridan biri. Gyottingen un-tini tugatgan (1866). Berlin un-ti prof. (1885—91). Berlindagi yuqumli kasalliklar in-ti direktori (1891-1904; hoz. in-tuning nomi bilan yuritilgan). Asosiy ishlari yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni aniqlash va ularga qarshi kurash usullarini ishlab chiqishga oid. Misr, Hindiston, Yangi Gvineya va Yava o. ga mikrobiologik ekspeditsiyalar tashqil etgan. Kuydirgi, sil(1882), vaboni (1883) qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni kashf etgan. Bakterial tadqiqotlar olib borgan. Dezinfikatsiya usullarini taklif etgan. Tuberkulin preparatini topgan (1890). Nobel mukofoti laureati (1905).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x