So‘rg‘ichning qanday turlari mavjud?

🍼 So‘rg‘ichning qanday turlari mavjud?

🔰 Lateksli so‘rg‘ichlar tabiiy hisoblanib, rangi to‘q sarg‘ish bo‘ladi. Ular ko‘pincha muddatidan oldin tug‘ilgan va nozik chaqaloqlarga tavsiya etiladi. Sababi, lateksli so‘rg‘ichlar og‘iz haroratida isib yumshaydi va ona ko‘kragini eslata oladi. Lekin lateksli so‘rg‘ichlar tarkibida oqsillar mavjudligi tufayli bolada allergiyani keltirib chiqarishi mumkin. Lateksli so‘rg‘ichlarni tanlashda yuqori sifatli taniqli brendlarga mansub bo‘lganini tanlash zarur. Sifatsiz lateks o‘zidan konseragen (salomatlik uchun o‘ta zararli) moddalarni chiqarish xususiyatiga ega.

♻️ Silikonli so‘rg‘ichlar sun’iy materialdan tayyorlanadi. Ular rangsiz bo‘ladi. Silikonli sorg‘ichning asosiy xususiyati bolada unga allergiya bo‘lmaydi, chunki silikon lateksdan farqli ravishda sun’iy moddadir. Silikonli so‘rg‘ich lateksli so‘rg‘ichdan ko‘ra uzoqroq muddatga yaroqlidir.

So‘rg‘ichni shakliga qarab farqlash:
🔸 Oddiy so‘rg‘ich — asosan lateksdan tayyorlangan bo‘lib, ona ko‘kragi shaklida bo‘ladi. Uning uchi kattaroq va dumaloq shaklga ega bo‘ladi.
🔸 Anotomik so‘rg‘ich — yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan. Uning uchi biroz yezilgan shaklga ega bo‘lib, chaqaloq tanglayiga taqalib turadi.
🔸 Ortopedik so‘rg‘ich — tomchi shaklini yeslatadi. Bu shakldagi so‘rg‘ichlar bolaning og‘iz bo‘shlig‘ini butunlay qoplamaydi, natijada tish va jag‘ deformasiyalanmaydi.
©Sog’lom farzand

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x