KONSTITUTSIYAVIY SUD

KONSTITUTSIYAVIY SUD — bir qancha davlatlarda yagona yoki asosiy ishi konstitutsiyaviy nazoratii amalga oshirish boʻlgan alohida organ. Birinchi marta 1920-y. Avstriyada taʼsis kilingan. Shundan eʼtiboran bu tartibot Gʻarbiy va Sharqiy Yevropada keng yoyildi, shuningdek, Osiyo, Afrika va Amerikaning ayrim mamlakatlarida qabul qilingan. Konstitutsiyaviy sud odatdagi oliy sudlardan farq qilib, umumiy yurisdiksiya sudlari tizimiga kirmaydi. Baʼzi mamlakatlarda (mas, RF) K. s. alohida toifadagi sud hisoblanadi va shunga koʻra sud tizimiga kiradi, boshqa mamlakatlarda (GFR, Italiya, Ruminiya, Bolgariya, Mongoliya) — sud hokimiyatiga aloqasi yoʻq alohida nazorat organi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud aʼzolari parlament tomonidan saylanadi (GFR, Xorvatiya) yoki davlat boshligʻi tomonidan tayinlanadi (Kipr); baʼzida Konstitutsiyaviy sud aʼzolarini parlament va hokimiyat hamda adliyaning boshqa organlari tayinlaydi (mas, Italiya K. s. ni teng mikdorda prezident, parlament va magistratura tayinlaydi). Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirish bilan bir qatorda turli mamlakatlarda konstitutsiyaga sharh berish huquqiga ega, siyosiy partiyalarning faoliyati konstitutsiyaga muvofiq kelish-kelmasligi masalasini hal qila-di, vakolatlar bilan bogʻliq nizolarni koʻrib chiqadi va h. k. Oʻzbekiston Respublikasi K. s. sud tizimiga kirib, qonunlar va b. hujjatlarning OʻzR Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi, Konstitutsiya himoyachisi hisoblanadi. Uning faoliyati maxsus Konstitutsiyaviy sud toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga solinadi (yana q. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x