QALQONLILAR

QALQONLILAR — chala tishlilar oilasi. Uz. 12 sm dan 100 sm gacha, dumi 2,5 sm dan 50 sm gacha, vazni 0,3 kg dan 55 kg gacha. Tanasining orqa qismi suyak qalqon, uning sirti muguzdan iborat qalqon bilan qoplangan. Oldingi oyoq panjalarida 4 ta, orqa oyoq panjalarida 5 ta oʻtkir tirnoqli barmoqlari bor. Tishlari bir xilda tuzilgan, 28 tadan 100 tagacha; ularning soni hatto bir turning turli individlarida bir xilda boʻlmaydi. 9 URUQQa mansub 20—25 turi mavjud. AQSHning Janubidan Chili va Argentinagacha boʻlgan hududlarda tarqalgan. Asosan, yalangliklarda yashaydi. Xavf tugʻilganida ayrim Qalqonlilar tanasi oʻralib, sharga oʻxshash boʻlib qoladi. Mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. 2 tadan 12 tagacha bola tugʻadi. Goʻshti va qalqoni uchun ovlanadi; lab. obyekti sifatida foydalaniladi. Koʻpchilik turlarining soni kamayib ketgan. Bir necha turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x