LYUKSEMBURG

LYUKSEMBURGLyuksemburg davlati poytaxti. Alzet va Petryus daryolari qoʻshilgan joyda, 334 m balandlikda joylashgan. Iklimi moʻtadil, dengiz iqlimidan kontinental iqlimga oʻtib boradi. Oʻrtacha t-rasi yanv. da 0,9°, iyulda 16,6°, Yiliga 830 mm gacha yogʻin yogʻadi. Aholisi 79,5 ming kishi (1998).

Lyuksemburg qoʻlyozmalarda savdogarlar qishlogʻi sifatida 963-y. dan maʼlum. 1244-y. da shahar huquqini olgan. Shahar oʻz tarixida 20-marta qoʻldan qoʻlga oʻtib, koʻp marotaba vayron qilingan hamda qayta qurilgan.

Lyuksemburg — mamlakatning muhim iqtisodiy markazi, transevropa t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qora metallurgiya va mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Lyuksemburg — xalqaro moliya markazlaridan: yirik banklar va moliyaviy birlashmalarning idoralari joylashgan. Milliy kutubxona, muzey, sanʼat va hunarmandchilik maktabi, teatr va b. bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Gersog saroyi (1572), Sen-Mishel gotika cherkovi (16-a.), Adliya saroyi (16-a.), Notr-Dam sobori (17a.) va h. k. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x