IBODATXONA

IBODATXONA — dindorlarning xudoga muayyan tartibda sigʻinadigan joyi, diniy rasm-rusum va marosimlar oʻtkaziladigan bino, inshootlar majmuasi. Ibodatxonaning qurilish uslubi va meʼmoriy bezagi diniy mavzular bilan bogʻliq: mas, xristianlik I. lari cherkov, sobor, monasshir va b., katoliklarda kostyol, kapella va b., buddizm I. lari tera, pagoda, zikkurat, dagoba, stupa va b., yahudiylarda sinagoga, mu-sulmonlarda mayejid kabilar.

Ibodatxonalar kadimdan yirik jamoat binolari hisoblangan. Qad. Misr ehrom (piramida) lari, Ossuriya va Bobilda zikkuratlar, Hindiston, Xitoy, Yapo-niyada stupalar, Qad. Rimda haykaltaroshlik va rassomlik asarlari bilan be-zatilgan xashamatli Ibodatxonalar qurilgan. Keyinchalik Yevropada bazilika, roman, gotika, barokko, klassitsizm, konstruktivizm uslubida qurilgan gumbazli Ibodatxonalar keng tarqalgan.

Oʻzbekiston hududida turli davrlarda Budda I. lari (Qoratepa, Fayoztepa), mayejidlar, cherkov, kostel, monastirlar barpo etilgan. Ibodatxona larning taraqqiyot tarixi diniy talablardan tashqari, turli xalqlarda meʼmoriy taraqqiyotning umumiy yoʻnalishi bilan ham belgilangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x