IBROHIM POSHO

IBROHIM POSHO, Ibrohim bosho (1789, Kavala, hoz. Gretsiya hududida —1848.10.11, Qohira) — Misr davlat va harbiy arbobi. Otasi Muhammad Ali oʻtkazgan iqtisodiy islohlarda va Misr armiyasini tuzishda qatnashgan. 1807—12 y. larda daftardor (moliya boʻlimi boshligʻi); 1812—16 y. larda Yuqori Misr gubernatori. Misr armiyasining qoʻmondoni (1816—41). Misr armiyasi Ibrohim posho rahbarligida Arabistondagi vahhobiylar harakatini (1816—18) bostirgan. Sudanni egallagan (1820— 22). Ibrohim posho Gretsiyadagi milliy ozodlik harakati (1821—29) ni bostirishda qatnashgan. Misrturkiya urushida bir necha gʻalabaga erishgan (1831—33). Ibrohim posho bosib olingan mamlakatlar (Falastin, Suriya, Livan) gubernatori (1833—40). 1847-y. dan esa Misr hukmdori. 1848-y. iyundan Usmonli turk hukumati uni Misrning voris poshosi qilib tayinladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x