KICHIK OʻRADARYO

KICHIK OʻRADARYOQashqadaryo viloyatidagi daryo. Gʻoʻzordaryoning chap irmogʻi. Hisor tizmasining gʻarbiy qismidagi Oʻlmas togʻidan (2500—2700 m) boshlanadi. Oʻz. 93 km, havzasining mayd. 1588 m2. Yirik irmoklari Shirindaryo (17 km), Qoradahana (25 km), Goʻrota (20 km) va b. Qor, mavsumiy yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 2,4 m3/sek. Mart-mayda suvi koʻpayadi. Asosan, sugʻorishga sarflanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x