KICHIK BOLXON TOGʻLARI

KICHIK BOLXON TOGʻLARI — Kopetdogʻning gʻarbiy chekkasi bilan Katta Bolxon togʻlari orasidagi past togʻli koʻtarilma. Katta Bolxon togʻlarining jan. da. Shim.-sharqdan jan. gʻarbga choʻzilgan antiklinal burma. Bal. 777 m gacha. Oʻz. 30 km ga yaqin. Ohaktosh va mergeldan tashkil topgan. Shim. yon bagʻri tik va qisqa, ayrim joylarida 200 m ga yetadigan qoyalar uchraydi. Jan. yon bagʻri ancha qiya. Yon bagʻirlari shuvokli va shuvoq-shoʻrali choʻldan iborat. Doimiy oqar suvlar yoʻq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x