KANAREYKA

KANAREYKA (Serinus canaria) — chumchuqsimonlar turkumining vyuroklar (yuroklar) oilasiga mansub qush. Kanareykani ispanlar 15-a. ning oxirlarida Kanar orollaridan Yevropaga olib kelishgan (nomi shundan olingan). Tabiatda Kanar, Madeyra va Azor o. larida tapqalgan. Tanasining uz. 12—14 sm. Narining patlari sargʻish-yashil, modasi yashil. Oʻrmon, bogʻ va butazorlarda yashaydi. Daraxtlarda uya yasab, 3—5 tagacha tuxum qoʻyadi. Bir yilda 2-marta joʻja ochadi. Oʻsimliklar urugʻi va mevalari bilan oziqlanadi. Yaxshi sayragani uchun xonadonlarda ham boqiladi. Kanareykaning har xil sayroqi va dekorativ (kokildor, jingalak patli, bukri) zotlari chiqarilgan. Yovvoyi Kanareyka har u xil ovozlarga taqlid qila oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x