JONIBEKOV Vladimir Aleksandrovich

JONIBEKOV Vladimir Aleksandrovich (1942.13.5, Toshkent viloyati, Iskandar qishlogʻi) — uchuvchi-kosmonavt, aviatsiya general mayori (1985). Ikki marta Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1978, 1981). Mongoliya Xalq Respublikasi Qahramoni (1981). Toshkent Suvorov bilim yurtini (1960), Yeysk (Rossiya Federatsiyasi) uchuvchilar tayyorlash oliy aviatsiya bilim yurtini (1965) tugatgan. 1970-y. dan kosmonavtlar otryadila. Jonibekov 1985—88 y. larda Kosmonavtlar tayyorlash markazi (KTM) da kosmonavtlar otryadining komandiri, 1988-y. dan KTM Nazariy va i. t. tayyorgarlik boshqarmasi boshligʻi. Birinchi kosmik parvozini 1978-y. 10—16 yanv. da «Soyuz-27» KK (kema komandiri) (O. G. Makarov bilan birga) va «Salyut-6» — «Soyuz-26» (ekipaj Yu. V. Romanenko va G. M. Grechko) — «Soyuz-27» orbital majmuada bajargan. Yerga «Soyuz-26» KK da kashtan. J. ikkinchi kosmik parvozini 1981-y. 22—30-martda «Soyuz-39» KK (kema komandiri) (mongol kosmonavti J. Gurragcha bilan birga) va «Salyut-6» — «Soyuz T-4» (ekipaj V. V. Kovalyonok va V. P. Savinix) — «Soyuz-39» orbital majmuada «Interkosmos» dasturi boʻyicha amalga oshirdi. U uchinchi kosmik parvozini 1982-y. 24 iyun — 2-iyulda «Soyuz T-6» KK (kema komandiri) (A. S. Ivanchenko va fransuz kosmonavti Jan-Lu Jak Mari Kretyen b-n birga) va «Salyut-7 — «Soyuz T-5» (ekipaj A. N. Berezovoy va V. V. Lebedev) — «Soyuz T-6» orbital majmuada bajardi. Jonibekov toʻrtinchi kosmik parvozini 1984-y. 17—29-iyulda «Soyuz T-12» KK (kema komandiri) (S. Ye. Saviskaya va I. P. Volk bilan birga) va «Salyut T-7» — «Soyuz X-11» (ekipaj L. Yu. Kizim, V. A. Solovyov va O. Yu. Atkov) — «Soyuz T-12» orbital majmuada amalga oshirdi. 25-iyulda Svetlana Yevgenyevna Saviskaya b-n ochiq kosmosga chiqib, yangi universal dastaki asbobni sinashga doyr ishlarni uddaladi. Jonibekov beshinchi kosmik parvozini 1985-y. 6-iyun — 26 sentda «Soyuz T-13» KK (kema komandiri) (V. P. Savinix bilan birga) va «Salyut-7» — «Soyuz T-13» orbital majmuada bajardi. V. P. Savinix b-n birga dunyoda birinchi marta oʻzi parvoz qilayotgan KK — «Soyuz T-13» ni kosmosda nazoratsiz parvoz qilayotgan orbital stansiya — «Salyut-7» ga tutashtirdi. Kosmonavtlar «Salyut-7» ga oʻtganlaridan soʻng uning ishga yaroqliligini tiklashga doyr ishlarni bajarishdi. 1985-y. 2 av-g. da Jonibekov kosmonavt V. P. Savinix bilan birga ochiq kosmosga chiqib, qoʻshimcha quyosh batareyalari panellarini oʻrnatishdi. Unumli i. t. va amaliy ishlarni bajarganidan soʻng Jonibekov 1985-y. 26 sent. da oʻsha paytda «Soyuz T-14» KK da V. V. Vasyutin va A. A. Volkov bilan birga parvoz qilayotgan G. M. Grechko bilan birga «Soyuz T-13» KK da yerga qaytib tushdi. Jonibekov oʻzining kosmosga qilgan besh parvozi mobaynida kosmosda 145 kun 15 soat 58 min. 29 sek. boʻlgan.

Jonibekov tasviriy sanʼat bilan xam shugʻullangan. Uning kosmos mavzuidagi baʼzi rasmlari badiiy koʻrgazmalarda namoyish qilingan. Pomir-Olay togʻlaridagi mutlaq bal. 4912 m boʻlgan choʻqqi «Vladimir Jonibekov choʻqqisi» deb atalgan (1985). Toshkentdagi Kosmonavtlar xiyobonida Jonibekovga byust oʻrnatilgan (1984).

Sobit Ilyosov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x