Anorgazmiya — jinsiy aloqada orgazmni his qilmaslik

Anorgazmiya — jinsiy aloqada orgazmni his qilmaslik
Anorgazmiya – jinsiy funksiya buzilishi bo‘lib, bu holat orgazmni his qilmaslik bilan xarakterlanadi. Anorgazmiya ayollarda ko‘p uchraydi. Erkaklarda anorgazmiya kam kuzatiladi va 35 yoshdan keyin rivojlanishi mumkin.
Kasallik birlamchi (hech qachon orgazmni his qilmagan) va ikkilamchi (bemor orgazm his qilmay qo‘ygan ya’ni avval orgazm his qilgan, hozirda esa yo‘q). Bundan tashqari quyidagi turlari farqlanadi:
🔹Situasion – orgazm faqat ma’lum bir sharoitlardagina bo‘ladi, shu sharoitlar bo‘lmasa, orgazmni his etmaydi;
🔹Koital – orgazm turli usullar bilan erishilishi mumkin, lekin jinsiy aloqa paytida his etmaydi;
🔹Nimfomanik – uzoq muddat ta’sirlanganda yuqori qo‘zg‘olishni his etadi, lekin orgazmga erisha olmaydi;
🔹Sporadik – jinsiy aloqaning turli shakllarida orgazmga erishiladi, lekin doimo ham emas.
‼️ Anorgazmiya sabablari
🔹Jinsiy sistemaning tug‘ma nuqsonlari;
🔹Jinsiy sistema kasalliklari;
🔹Qin devorining cho‘zilishi (tug‘ruqdan keyin) natijasida sezuvchanlikning kamayishi;
🔹Jinsiy aloqada og‘riq;
🔹Psixologik omillar (jinsiy sherigining qo‘pol harakati, zo‘rlash, jinsiy sherigining salbiy munosabati);
🔹Ba’zi bir dori vositalarini uzoq muddat qabul qilish (antidepressantlar, oral kontraseptivlar);
🔹Jinsiy sheriklarning jinsiy uquvsizligi.
♻️ Anorgazmiya belgilari
🔹Jinsiy aloqadan huzur oladi, lekin orgazmni his qilmaydi;
🔹Jinsiy yaqinlikda yoqimsiz hissiyotlar bo‘ladi, orgazmni his qilmaydi;
🔹Bemorda jinsiy aloqaga qiziqish yo‘q.
Anorgazmiya diagnostikasi
Ushbu kasallikni aniqlash va davolash uchun shifokor-seksolog bemorni umumiy ko‘rik va lozim topilsa, jinsiy sherigini ham ko‘rikka taklif qilishi mumkin. Shuningdek, ginekolog maslahati ham kerak bo‘lishi mumkin.
✅ Anorgazmiya kasalligini davolash
Anorgazmiya kasalligini davolashda gormonal vositalari, antidepressantlar, trankvilizatorlar, vitaminlar, fizioterapevtik muolajalar (elektrostimulyasiya, gidroterapiya, vibromassaj) kabi vositalardan foydalaniladi.
🔰 Anorgazmiya profilaktikasi
🔹Siydik chiqarish yo‘llari kasalliklarini o‘z vaqtida davolash;
🔹Ginekolog ko‘rigidan doimo o‘tib turish;
🔹Jinsiy hayot muammolari bo‘lsa andrologga murojaat qilish
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x