ISKANDAROV Toʻlqin Iskandarovich

ISKANDAROV Toʻlqin Iskandarovich (1939.25.4, Toshkent) — gigiyenist, Oʻzbekiston FA akad. (2000), tibbiyot fanlari d-ri (1976), prof. (1977). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1984). Tosh TIni tugatgan (1962). Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari i. t. institutida lab. mudiri (1967— 70), mehnat gigiyenasi boʻlimi mudiri (1970—1972), direktor (1980—89, 1995-y. dan), ToshTI kommunal gigiyena kafedrasi mudiri (1972-98). Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrin-bosari (1989-95). Issiq iqlim sharoitida paxtachilikda qoʻllaniladigan pestitsidlar gigiyenasi va toksikologiyasi ustida tadqiqot olib borib, tashqi muhitni pestitsidlar taʼsiridan muhofaza qilish va aholi sogʻli-gʻini saqlash tadbirlarini ishlab chikdi.

Ac: Qishloqxoʻjaligida mineral oʻgʻitlar, pestitsidlar va bakterial vositalarni ishlatishda ehtiyot choralari, T., 1992; Ekologiya i epidemiologiya virusnogo gepatita «A» v Uzbekistane, T., 1993; Ekologiya i gigiyena biologicheskix sredstva zashitы rasteniy, T., 1995; Ekologiya, epidemiologiya i profilaktika xolerы, T., 1995; Oʻta xavfli bakterial va virus kasalliklari, T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x