KENAGAS

KENAGAS — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Xorazm, Buxoro viloyati, Fargʻona vodiysi, Qoraqalpogʻiston va Shim. Afgʻonistonda yashagan, tarkibida bir qancha kichik qabila va urugʻlar boʻlgan. Bulardan eng yiriklari ochamayli, kirey, abak kirey, ovoqli, taroqli, chuyut, qayri soli. Mas, Qoraqalpogʻistondagi Kenagas (10 ming kishi, 1924) tarkibida aranshi, oqtugin (aqtogʻin), omir (umar), taroqli, dubal (dobal), oymaut (uymout), dombazak (dumbazak), nokis (nukus) kabi 8 urugʻ boʻlgan. Bu urugʻlar oʻz navbatida 21 tera (urugʻ shoxobchasi)dan tashkil topgan. 1912—13 y. larda Yangibozor va Kegayli volostida 8601 Kenagas yashaganligi qayd etilgan. 1926-y. da oʻtkazilgan aholi roʻyxatiga koʻra, esa Shahrisabz, Kitob va ularga yaqin qishloqlarda 35040, Buxoro vohasida 2725, Karmana va uning atrofida 2775 Kenagas istiqomat qilgan. Fargʻona vodiysida, asosan, Qoʻqon tevaragidagi qishloqlarda yashagan. Qoʻqon xoni Abdurahimbiy K. lardan boʻlgan Shahrisabz hokimi Hakim Buxoriyning qizi Oychuchukka uylangan boʻlib, Fargʻona vodiysida u «Kenagas oyim» ismi bilan mashhur edi.

Abdullaxon P davrida Kenagaslar yuqori mansablarni egʻallashgan. Kenagas yetakchilari xonning oʻng tomonidagi ayonlar qatorida, raisdan keyingi oʻrinda boʻlgan. Ashtarxoniylardan Abdulazizxon davrida esa soqiy Xoja kenagas Ishkashim hokimi etib tayinlangan. «Tarixi Abulxayrxoniy» asaridagi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbek ulusish Kenagaslar qoʻshinning chap qanoti — juvangʻaraya jang qilgan. Abdurahmon Toleʼning «Tarixi Abulfayzxon» asarida aytilishicha, Abulfayzxon Buxoro taxtiga oʻtirgach (1711), ayshu ishratga berilib, davlat ishlarini oʻzi boʻlarga tashlab qoʻyadi. Natijada mamlakatda qabilalararo beboshlik, adovat kuchayib, bir qancha qabilalar qatori Kenagaslar ham tinch aholini talash, ularga nisbatan turlicha yovuzliklar qilishda qatnashadi. Mac, 1719-y. bahorida miroxur Ismoil boshchiligidagi 2 ming kishilik Kenagaslar qoʻshini Buxoro viloyatidagi Bahouddin qishlogʻiga bostirib kirib, u yerda «guli surx» («qizil gul», yaʼni lola) bayramiga toʻplangan koʻp minglik tinch aholini talab, oʻta beayov jabr-zulm qilgan. Shu bois Abulfayzxondan keyingi xonlar davrida Kenagas larning koʻpchiligi azaliy turar joylaridan badargʻa qilinib, Buxoroning turli tumanlariga tarqatib yuborilgan. Buxoro xoni Muhammad Rahim davrida davlat mansablariga 32 yirik qabila (jumladan, Kenagas) vakillaridan qoʻyilgan. Chunonchi, Xudoyor kenagas Buxoro dodxoyi etib tayinlangan.

Kenagas larning asosiy mashgʻuloti chorvachilik va dehqonchilik boʻlgan. Ular 20-a. boshlarida oʻzbeklar tarkibiga butunlay singib ketgan.

Ad.: Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001; Karmыsheva B. X., Ocherki etnicheskoy istorii yujnыx rayonov Tadjikistana i Oʻzbekistona, M., 1976.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x