ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI

ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIkorxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tad-birlarning foydali natijalar beri-shi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurelarni qoʻllagan holda eng yuqori i. ch. haj-miga erishishga sabab boʻlgan i. ch. omillari, resurelar sarflariga nisbati b-n tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsa-tadi. Miqsoriy jihatdan Ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot i. ch. uchun sarf qilingan mehnat miqdori b-n oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, Ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; i. ch. vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda Ishlab chiqarish samaradorligi ch . s. ning umumlashgan koʻrsatkichi tovar i. ch. surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashkari puldagi xarajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (i. ch. hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mexnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurelar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurelar, foyda) hisobiga shakllanadi.

Ishlab chiqarish samaradorligi hisoblashdan maqsad samaradorlikka nimalar hisobiga erishilganini aniqlash va yana kanday omillar evaziga uni oshirish mumkinligini belgilashdan iborat (q. Rentabellik, Foyda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x