QORACHA

QORACHA — 1) oʻrta asrlarda aholining zodagon boʻlmagan tabaqasi; 2) ayrim turkiy xalqlarda urugʻ nomi (mas, qirgʻiz va qozoqlarda, oʻzbeklarning qatagʻon, laqay, qirq, saroy qabilalari tarkibida q. urugʻi boʻlgan). 13-a. boshlarida Chingizxon davlatidagi oddiy koʻchmanchi aholi Q. deb atalgan. Soʻnggi oʻrta asrlarga kelib Zarafshon vohasi va b. ayrim joylarda «Q» atamasi oʻtroq dehqonchilik bilan shugʻullanib kelgan, oqsuyak hisoblanmagan (said, xoʻja, eshonlar avlodi boʻlmagan) aholiga nisbatan qoʻllangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x