OY YILI

OY YILI — Oy kalendarida asosiy birlik vazifasini oʻtaydigan va sinodik oyga tayangan vakt oraligi. Oy yilida 12 sinodik oy bir yilni tashkil etadi. Sinodik oy 29,5306 sutka, yaʼni 29 kun 12 soat 44 min. 3 sek. boʻlgani uchun bir Oy yili 354,36702 kunga teng. Shu bois, oddiy Oy yili 354 kundan qilib olinadi. Biroq 354 kundan ortgan qoldiq (0,36702) uch yilda yana bir sutkadan ortgani tufayli, oʻrtacha uch yilda bir marta Oy yili uzunligi 355 kun qilib olinadi va u kabisa yili deyiladi (q. Kalendar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x