IROQ QOʻZGʻOLONI

IROQ QOʻZGʻOLONIIroq xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi milliy ozodlik qoʻzgʻoloni (1920 iyun — okt.). Arab davlatlarining ustidan Angliya va Fransiya xukmronligini oʻrnatish toʻgʻrisidagi San-Remo konferensiyasi (1920-y. apr.) ning qarori qoʻzgʻolonning boshlanishiga asosiy sabab boʻldi. 1920-y. 30-iyunda Rumayta sh. da boshlangan qoʻzgʻolon tez orada Iroqning katta qismini qam-rab oldi. Qoʻzgʻolonda dehqonlar, yarim koʻchmanchi qabilalar ishtirok etdi. Unga qabila shayxlari bilan shia ulamolari boshchilik qildi. Qoʻzgʻolonchilar inglizlar ustidan bir necha gʻalabaga erishdi. Ozod qilingan hududlarda inqilobiy hukumat organlari tu-zildi.

Inglizlar qoʻzgʻolonni bostirishga 65 ming askar tashladi, qabilalar orasidagi nizolarni kuchaytirdi. 1920-y. okt. da qoʻzgʻolon bostirildi. Iroq qoʻzgʻoloni magʻ-lubiyatga uchrasa qam, Angliya Iroqni toʻgʻridan toʻgʻri mustamlaka qilishdan voz kechishga majbur boʻldi. Inglizlar taʼsirida boʻlsa hamki mahalliy hukumat tuzildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x