Bugun 25-may. O‘zbekistondagi barcha umumta’lim muassasalarida so‘nggi qo‘ng‘iroq chalinadigan, bitiruvchilar qadrdon maktablari, sinfdoshlari bilan xayrlashadigan kun.
Katta hayot ostonasida turgan yigit-qizlar uchun eng yaxshi she’r va tilaklarni namoyish etamiz.
So’ngi qo’ng’iroq she’ri
Yuragimda bu kun cheksiz ehtirom, Yuragimdan chiqar dil izxorlarim. Opalarim akalarim ketishar bu kun, Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq
Xayr maktab, xayr sinfdoshlarim
Mana vaqt o’tib ketganini bilmay qolibmiz O’n birinchi sinfga ham kelib qolibmiz Kechagina maktabga ilk bor qadam qo’ygandik O’sha kunlarni ham qadriga yetmadik Endi esa bu kunlar biz uchun qadirli bo’ldi Men uchun esa qochgan darslarim armon bo’ldi Bu kunlarni hech qachon unutmiman So’ngi yillarni o’tishini istamiman Bularni bari endi kech Sinfdoshlar ham ayrilgisi kelmaydi hech Men uchun vaqt o’tishi bo’ldi birpasta Negadir yuragim ham bo’lgandi hasta Bu sinfda kimnidir dilini og’ritdim Yana kimlarnidir behuda ranjitdim Shuning uchun yuragim juda qiynalmoqda Endi esa hamma sinfdoshlar ayrilishmoqda Qizlarni ko’zidan asta yosh yumalar Bollarni esa jiddiylik qamrab olar Mana bitirmoqdamiz shu orzu qilgan maktabni Ancha yillar o’tsa ham unutmayman sinfdoshlarni Sinfdoshlar bilan zora ahil bo’lib So’ngi yilni urush janjalsiz o’tkazsak Ahir bir birimizga g’animat bo’lsak Endi bir birimizni birdek ko’raylik Maktabni bitirsak ham bir birimizdan habar olaylik!
Xayr maktabim qo’shiq va she’rlar
Xayr maktabim Ravshan Sobirov va Setora guruhi)
[Ravshan Sobirov] Bahorning so’nggi kunlari, Tugar bolalik chog’lari. Jaranglaydi so’nggi qo’ng’iroq, Xayr maktabim, Xayr do’stlarim, sho’xligim. [Setanho (Setora) guruhi] Afsus, afsus endigina Qadringga men yetganimda, Men bag’ringdan uchib ketaman, Yangi hayotga Oq yo’l tilaysan sen bizga. Xayr maktabim, xayr sho’xligim, Birinchi sevgim xayr, xayr do’stlarim. (x2) [Ravshan Sobirov] Ishonmasdim necha yillar Qalbimdagi tuyg’ularga, Faqat bugun men shuni bildim, Qanchalik jonim, Sen kerakliging menga. [Setanho (Setora) guruhi] Yodimda sen yozgan maktub, Beg’ubor sevgi izhori. Qaytgim kelar o’sha kunlarga, Bolaligimga, Sen bilan birga maktabga. Xayr maktabim, xayr sho’xligim, Birinchi sevgim xayr, xayr do’stlarim. (x4) Xayr maktabim… <
Sinfdosh do‘stlarim
Ko‘zlarimiz kuladi, ko‘ngil yig‘laydi. Tillarimiz xayr deb, dil ketma deydi, Sog‘inamiz maktabim, issiq bag‘ringni. Ey sinfdosh do‘stlarim, ketgim kelmaydi.
Qaldirg‘ochga o‘xshabon, ucharmiz bizlar, Dillarda sog‘inch bilan, ketarmiz do‘stlar. Ko‘zlarimiz yo‘lingda, sog‘inar seni, Ey sinfdosh do‘stlarim, ayrildik endi.
Sinfdoshlarim bilan yana biroz qolay. Uztozlarga rahmat aytishga ulgurib olay. Qadrdon maktabim bilan hayrlashib olay. Biroz chalinmaytur so’ngi qo’ng’iroq.
Nahot sinfdoshlarni endi ko’raman kamroq. Nahot maktabga kelaman endi ozroq. Sinfdoshlarni maktabni unutmiman biroq. Chalinmaytur so’ngi qo’ng’iroq.
Maktabim sen menga eng aziz koshanasan. Bugun o’tib o’tmishga aylanasan. Eh Barno maktabni hali ko’p sog’inasan. Biroz chalinmaytur so’ngi qo’ng’iroq.
Shu chog’ hayolimni buzib. Sinfdoshlarni bir biridan ayirib. Maktab hovlisidan uchirib quvib. Jaranglab cholinadi songi qo’ng’iroq…..
So’nggi qo’ng’iroq haqida she’rlar
Dillarni titratar so’nggi qo’ng’iroq
Dillarni titratib so’ngi qo’ng’roq, Maktab dargohidan qiladi yiroq. Ustozlarim ko’zidan tirqiraydi yosh, Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq
Baxtli bo’l sinfdosh
Ba’zinxor Ko’rmayin, Kuzlaringda yosh. Sen uchun porlasin, Ko’klarda quyosh. Ayriliq ko’nglimda buldi og’ir tosh. Baxtli bul bir umr aziz Sinfdosh…
Endi senga Utgan kunlar xayoldir, U kunlar xotira bizga Yodgordir. Qaydasan Sinfdosh dilga savoldir. Baxtli bul Bir umr Aziz Sinfdosh.
Umid deb atalmish guling sunmasin. Yurakda orzuying, bevaqt o’lmasin. Shu qaro kuzlaring, Xech nam bulmasin. Omon bul bir umr aziz SINFDOSH
Seni sog’inaman sinfdosh
Biz sinfdosh bo’ldik, Sinfdoshmas dildosh bo’ldik, Nahot bugun endi begona bo’ldik, Seni sog’inaman aziz sinfdosh.
Maktab yillarimiz o’tdi birma-bir, O’tdi kun fasllar,o’tdi kun-oylar, Bugun sog’inchdan otadi tonglar Tongdan sog’inaman seni sinfdosh.
To’g’risi ranjitgan kunlarim bo’ldi, Shu kun bedorli tunlarim bo’ldi, Sog’inchim, iztirobibi o’ylarim bo’ldi, Yig’lab sog’inaman seni sinfdosh.
Yillar o’tib ko’rib oqar ko’z yoshlar, Endi ayro bo’ldi o’shal dildoshlar, Nahot endi begonadir o’sha sirdoshlar, Harvaqt sog’inaman seni sinfdosh.
Qara, oxirgi bor darsda birgamiz, Oxirgi bor birga tanaffus kutib, O’tiribmiz jimgina dardlarni yutib, Dardli sog’inaman seni sinfdosh.
So’nggi qo’ng’iroq ham chalinar asta, Ko’zda mayusligu, qo’lda guldasta, Maktab yillarimiz o’tdi bir pasta, Har vaqt sog’inaman SENI SINFDOSH!!!!
Aziz muallim (bitiruvchilar uchun she’r)
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam, Turli xil sohadan berasiz ta’lim. Uni tinglaganda kichik jussam ham, Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi, Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi. Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim, Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.
So’nggi qo’ng’iroq jaranggi
Bilmaman, balki joningizga tekkan bu jarang Balki bezor bo’lgandirsiz darslardan xatto. Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang, Lekin o’tgan maktab davrin unutmang aslo! Axir oson bo’lmagandir 9 yil kutmoq, Bekor sarf bo’lmagandir 9 yil umr. Oson bo’lmas ustozlarning etagin tutmoq, Barchasining o’z gashti bor, qilingiz sabr. Balki sizga unut bo’lgan, eslarsiz balki, Shu dargoxga qadam qo’ygan jajji qizaloq, Yo bolakay edingizlar, quvonchga to’lib Kutgandinglar chalinishin ilk qo’ng’iroq. Alifboni tanimagan sofdil qizaloq Katta bo’lib onasiga berar maslaxat. Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq Bugun endi o’zimizga qilar nasixat. 9 yilda 9 mingta quvonchu-tashvish: Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat. Sinfdoshlik bog’i ichra ochildi do’stlik, Kimlargadir nasib bo’ldi sof bir muxabbat. Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini, Vazifani ko’chirmoqqa bo’lmaydi imkon. Kundalikka qo’yilmaydi «2» baxolar, Biling endi, xatolarni kechirmas zamon. Sinfdoshlar, bo’lolmaysiz endi partadosh, Endi sirdosh bo’lolmassiz, unutmang biroq: Do’stlaringiz bir umrga bo’lar yelkadosh, Do’stlik uchun chalinmaydi so’nggi qung’iroq. *************************************
Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘, Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘, Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘, Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga, Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga, Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga, Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga, Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga, Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga, Ota-ona fanosin aylantirar baqoga, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal, Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal, Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal, Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati, Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati, Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati, Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati. Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida, Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida, Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida, Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Oxirgi qo’ng’iroq
Bugun maktab ostonasin hatlab so’nggi bor O’n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun. Endi xayot darsxonangiz bo’lar, maktabda Chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun. Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang, Balki bezor bo’lgandirsiz darslardan xatto. Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang, Lekin o’tgan maktab davrin unutmang aslo! Axir oson bo’lmagandir 11 yil kutmoq, Bekor sarf bo’lmagandir 11 yil umr. Oson bo’lmas ustozlarning etagin tutmoq, Barchasining o’z gashti bor, qilingiz sabr. Balki sizga unut bo’lgan, eslarsiz balki, Shu dargoxga qadam qo’ygan jajji qizaloq, Yo bolakay edingizlar, quvonchga to’lib Kutgandinglar chalinishin ilk qo’ng’iroq. Alifboni tanimagan sofdil qizaloq Katta bo’lib onasiga berar maslaxat. Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq Bugun endi o’zimizga qilar nasixat. 11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish: Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat. Sinfdoshlik bog’i ichra ochildi do’stlik, Kimlargadir nasib bo’ldi sof bir muxabbat. Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini, Vazifani ko’chirmoqqa bo’lmaydi imkon. Kundalikka qo’yilmaydi «2» baxolar, Biling endi, xatolarni kechirmas zamon. Sinfdoshlar, bo’lolmaysiz endi partadosh, Endi sirdosh bo’lolmassiz, unutmang biroq: Do’stlaringiz bir umrga bo’lar yelkadosh, Do’stlik uchun chalinmaydi so’nggi qung’iroq.
25-may uchun she’r
Maktab dargohini tark etib ketish, Men uchun azobdir bu axir azob. Yuragimni ezar og’ir bir qiynoq, Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq.
so’nggi qo’ng’iroq ham chalinar asta, ko’zda mayusligu, qo’lda guldasta, maktab yillarimiz o’tdi bir pasta, har vaqt sog’inaman SENI SINFDOSH!!!!
maktab yillarimiz o’tdi birma-bir, o’tdi kun fasllar,o’tdi kun- oylar, bugun sog’inchdan otadi tonglar tongdan sog’inaman seni sinfdosh.
Vaqtni ortiga qaytarib bo’lmas
Hayot yo’li tekismas Sarg’aygan yaproq ko’karmas Daryodagi suvni to’htatib bo’lmas Hech qachon bevafo vafoli bo’lmas Parchalangan yurakni yangilab bo’lmas Dardinga do’stingdan boshqa dartkash bo’lolmas Dunyodan ko’z yumgan odamni tiriltirib bo’lmas Oliy hakam vaqtni ham to’htatib bo’lmas Yoshligim ham ortga qaytmas Sevgan yorimdek hech kim bo’lolmas o’rnini ham hech kim bosolmas Bu dunyoda sevmagan odam bo’lmas Hech kim mendek sevishga qodir emas Do’stimni ham o’rnini hech kim bosolmas Yomg’ir qancha yog’sa ham men uchun hechnarsa bo’lmas Hech qachon lochin va sichqon birga yasholmas Qalb sevganda aldovni bilmas Yurakni ezilmagan kuni bo’lmas Soat ham orqaga aylana olmas Do’st uchun hech narsa yov bo’la olmas Meni sevgim endi umuman bo’lmas Chunki parchalangan yuragim tiklanib bo’lmas Ko’zyoshlar endi hech narsa bo’lmas Bu ko’zyoshlar yomg’ir emas Buning bariga hech narsa sabab bo’lolmas Allohning vasliga hech narsa teng emas Meni hayotim afsuski bunday bo’lmas Bu sherlarimni hali hammasi emas!
Maktab dargohi
Aziz ustozlarimizga bag’ishlangan sara she’rlar to’plami sizni qiziqtirsa ushbu sahifaga o’ting: Ustoz haqida she’rlar Ko’zimdan qalqiydi quvonch yoshlarim, Maktab dargohini tark etar bu kun. Yangi hayotga ham qo’yishar qadam, Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq.
Bugun maktab ostonasin hatlab so’nggi bor To’qqiz yillik bolalikka yasaysiz yakun. Endi xayot darsxonangiz bo’lar maktabda, Chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun.
Omonmisiz sinfdoshlarim
Yozgan edik birga darslarni, Kutar edik tanafuslarni, Sog‘inaman bugun sizlarni, Omonmisiz? sinfdoshlarim,
Kim eplardi a’lochilikni, Kimdir esa navbatchilikni, Bilmas edik xafachilikni, Omonmisiz? sinfdoshlarim,
Bazan sheru ertak o‘qirdik, Gohi xato qilib tik turdik, Bilmam endi nega ulgurdik, Omonmisiz? sinfdoshlarim,
Tanitgandi maktab bizlarni, Sho‘xu shodon o‘g‘il qizlarni, Sog‘inaman bugun sizlarni, Omonmisiz? sinfdoshlarim,
Chalinmay qo’ya qol so’nggi qo’ng’iroq
Bu oqshom osmonda yulduz yig’laydi Ko’k aro to’lin oy unsiz yig’laydi Majnuntol yonida maktab bog’ida Yurakda dard bilan bir qiz yig’laydi Bunchalar yuraklarga solasan titroq chalinmay qo’yaqol »So’nggi qo’ng’iroq» Ayriliq onlari bunchalar azob Chalinmay qo’yaqol »So’nggi qo’ng’iroq» Aytilmay qoldiku aytilmas gaplar Goh oshkor goh pinhon bitilgan xatlar Bir bora yurakdan chiqmagan suhbat Ranglar sarg’ayib ko’nglimni ezar Qizlar qo’lidagi estalik daftar Nahot armonga aylansa endi Sinfdosh qiz bilan tushgan suratlar Bunchalar yuraklarga solasan titroq Chalinmay qo’yaqol »So’nggi qo’ng’iroq» Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan Ko’nglimga abadiy yoqding sen chiroq Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim Chalinmay turaqol »So’nggi qo’ng’iroq» Nelar kutmoqda bizlarni hali Qayg’uli muhabbat, xijronli firoq Nahot tark etmoqda sho’xli davrimiz Chalinmay turaqol »So’nggi qo’ng’iroq»
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
НовыеПопулярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
wpDiscuz
0
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x