NOVOSIBIRSK

NOVOSIBIRSK (1903-25 y. larda Novonikolayevsk) — RF dagi shahar, Novosibirsk viloyati markazi, Ob daryosidagi pristan. Ob dar-yosining har ikkala sohilida. Novosibirsk yaqiniga Novosibirsk GES qurilgan va Novosibirsk suv ombori bunyod etilgan. Sibirning yirik transport tuguni. Aholisi 1399,4 ming kishi (1998). Shahar 1893-y. da posyolka sifatida vujudga kelgan. Shahar sanoatida mashinasozlik va metallurgiya (yalpi sanoat mahsulotining 65%ni beradi) asosiy oʻrinni egallaydi («Sibelektrotyaj-mash», «Sibselmash», stanoksozlik z-dlari bor). Qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoatlari, qurilish ma-teriallari i. ch. rivojlangan. GES, metropoliten (1985-y. dan) bor. Rossiya FAning Sibir boʻlimi, 13 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 2 un-t, konservatoriya), 6 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri) faoliyat koʻrsatadi. Suratlar galereyasi, oʻlkashunoslik, geol., zool., Sibir xalqlari tari-xi va madaniyati muzeylari mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x