IRLAND TILI

IRLAND TILIhind-yevropa tillari oilasidagi german tillari guruhi kelt tillari shoxobchasiga mansub. Irlandiyaning (ingliz tili bilan bir-ga) davlat tili. I. t. da Shim. Irlandiya, qisman AQSH va Buyuk Brita-niyada 600 mingdan ortiq kishi gaplashadi (1992). Irland tili, asosan, 3 sheva (muns-ter, konnaxt, ulster) va koʻpgina lahjalarga boʻlinadi. Irland tili tarixiy jihatdan Z davrga boʻlinadi: qad. (7 — 10-a. lar), oʻrta (10 — 14-a. lar) va yangi (15-a. dan) davrlar.

Irland tilida lotin, fransuz, ingliz tillarida oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Fonetik qurilishi koʻpgina oʻzgarishlarga moyilligi bilan xarakterlanadi. Irland tilida yumshoq undoshlar bor. Urgʻu, asosan, soʻzning birinchi boʻgʻinigatushadi. Sodda gapning soʻz tartibi qatʼiy va izchil: avval kesim, soʻng ega, undan ke-yin toʻldiruvchi keladi.

Dastlab ogamik yozuvi (4—7-a. lar) boʻlgan, keyinchalik lotin yozuviga oʻtilgan (7-a.). Koʻpincha qad. yodgorliklari saklanib qolgan. Hoz. irland mak-tablarida mustaqil fan sifatida oʻqitiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x