KORIOLIS KUCHI

KORIOLIS KUCHI — biron sistemaga nisbatan harakat qilayotgan jismga shu sistema aylanma harakati koʻrsatadigan taʼsirga asoslangan inersiya kuchi. T. T. Koriolis nomiga qoʻyilgan. Aylanayotgan sanoq sistemasi (Yer) da harakatlanayotgan jism K. k. taʼsirida oʻz nisbiy tezligi v ga va sistemaning burchak tezligi p ga tik yoʻnalgan tomonga ogʻadi yoki bu kuch shunday ogʻishga qarshilik koʻrsatayotgan jismga taʼsir qiladi. Koriolis kuchi jism massasining koriolis tezlanishiga koʻpaytmasiga teng va shu tezlanish yoʻnalishiga qarama-qarshi yoʻnalgan: /1 = ~m»t , bunda t — jism massasi, a =2[y5,b] — Koriolis tezlanishi.

Sutka davomida aylanayotgan Yerga yuqoridan erkin toʻshayotgan jismlarning sharq tomonga ogʻishi, Yer sirtida harakatlanayotgan jismlar Yerning Shim. yarim sharida shu jismlarning harakatiga nisbatan oʻngga, Jan. yarim sharida esa chapga ogʻishi Koriolis kuchi tufayli-dir. Yer sekin aylanganligi tufayli, bu ogʻishlar juda kichik boʻladi. Juda katta tezlikdagi jism harakatlarida (mas, raketa va artilleriya snaryadlarining uchishida) yoki jism harakati juda uzoq vaqt davom etganda (mas, Yerning Shim. yarim sharidagi daryolar suvining oʻng qirgʻoqni yuvishi, Jan. yarim sharida esa chap qigʻoqni yuvishi) bu ogʻishlar sezilarli boʻladi (bunda Yer aylanma harakatdagi «jism», daryo suvi — Yerga nisbatan harakatlanayotgan «jism»). K. k. texnika (ayniqsa, kosmonavtika), meteorologiya, ballistikada hisobga olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x