INFRATUZILMA

INFRATUZILMA (lot. infra – ostida) — i. ch. va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat kiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomoddiy i. ch. sektori. Infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega boʻlmagan tovarlar boʻlib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi. Infratuzilma zaruriy shart boʻlganidan uning ishlab turishini taʼminlashga iqtisodiy resurslarning bir qismi jalb etiladi. Infratuzilma xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra ishlab chiqarish infratuzilmasi (i. ch. ga xizmat koʻrsatuvchi sohalar — yuk tashish transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, ombor xujaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va b.) va ijtimoiy-maishiy infratu-zilma (aholiga xizmat koʻrsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar — maorif, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va b.) ga ajraladi. Infratuzilma xizmati tovar boʻlganidan oldi-sotdi etiladi. Uning asosiy vazifasi insonga xizmat koʻrsatish, ammo bu ish pulli, bepul va imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin. Infratuzilma xizmatlarini xarakteriga koʻra guruxlaganda bozor infratuzilmasi ajralib turadi. Chunki unda bozor munosabatlarini amalga oshiruvchi xizmatlar koʻrsatiladi. Qaysi darajada xizmat koʻrsatilishiga koʻra, korxona, tarmoq i. ch. majmualari va hududiy Infratuzilma ham mavjud. Infratuzilma sohasida yaratilgan xizmatlar i. ch. va inson uchun naf keltiradi. Infratuzilma xizmat koʻrsatishini tashkil etish uchun mablagʻlar sarflanadi. Shuning uchun ularni hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi. Infratuzilmani yaratuvchi mehnat ham unumli hisoblanadi. Infratuzilmaning samaradorligi koʻrsatilgan xizmatlarning sarf-xarajatlarga nisbati orqali aniqlanadi Ahmadjon Oʻlmasov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x