NOZIGARDON

NOZIGARDON (fors. — boʻyin bezagi) — zargarlik buyumi; ayollarning boʻyinga taqadigan taqinchogʻi. Nozigardon markaziy turunj, uning 2 yonidan 2 ta dan 4 ta murabba shaklli, 1 tadan uchburchak shaklli yaproqchalarning oʻzaro 5—6 qatorli zanjirlar bilan bir maromda maʼlum oralikda birikishidan hosil boʻladi; yaproqchalarning yon tomonlariga baliq va b. shaklli shokilalar osiladi. Turunj va yaproqchalar bir tomonlama sirkori usulida ishlanib, oʻsimliksimon naqshlar b-n bezatiladi, baʼzan koʻzlar qadaladi. Marka-ziy turunjga bir-biriga qarab turgan qanotlarini yozayotgan ikki qush shakli oʻrnatiladi. Samarqandlik ustalar yasagan Nozigardon yengil koʻrinishga ega; turunj va yaproqchalar panjarali (toʻrsimon) usulda yasalib, zigʻiraklar, baʼzan feruza koʻzlar bilan ziynatlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x