IMPERIALIZM

IMPERIALIZM (frans. imperialisme) — keng maʼnoda hududlarni bosib olishga, qaram qilishga, boshqa davlatlar ustidan siyosiy yoki iqtisodiy nazorat oʻrnatishga qaratilgan davlat siyosati. U bir davlatning oʻz hokimiyatini boshqa davlat hududida iqti-sodiy va siyosiy foyda olish maqsadida qaram aholini, asosan, harbiy vositalar yordamida ezish hisobiga amalga oshirishini anglatadi. Imperiya, aslida, bosib olish va hukmronlik qilishning, davlatlar oʻrtasidagi siyosiy raqobatning qad. shakli hisoblanadi. Imperializm termini 19-a. 2-yarmida ingliz iqtisodchi olimi J. Gobsonning «Imperializm» nomli kitobi (1902) chiqqanidan sung, ayniqsa, keng tarqaldi va Imperializmga nisbatan birbiridan keskin farq qiluvchi fikrlar paydo boʻldi. Liberalizm yunalishidagi olimlar (jumladan, nemis iqtisodchisi Y. A. Shumpeter) fikricha, Yevropa mamlakatlarining 19-a. dagi imperialistik ekspansiyasi kapitalistik taraqqiyot va raqobatning xususiyati emas edi, aksincha, u kapitalizmning siyosiy va iqtisodiy mohiyatiga zid boʻlgan. Shu maʼnoda Imperializm mutlaq monarxiyalar davridagi militaristik millatchilikning oqibati hisoblanadi. Radikal yoʻnalishdagi olimlar va siyo-satchilar (jumladan, V. I. Lenin) I. ni kapitalizmning oliy va soʻnggi bosqichi deya baholab, moliya kapitali huk-mronligi, iqtisodning ichki inqiro-ziga javob tariqasida chetga kapital chiqarish, xalqaro trestlarning oʻsishi va yer yuzining kapitalistik davlatlar tomonidan taqsimlab olinishi bilan bogʻlab tushuntirmoqchi boʻladi. Bu fikrning xatoligini isbotlovchi na-zariyotchilarning taʼkidlashicha, Imperializm, birinchidan, tarixan kapitalizmdan oldin keladi, ikkinchidan, imperialistik davlatlar oʻrtasidagi raqobat, avvalo, iqtisodiy emas, balki siyosiy sabablar b-n bogʻliqdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x