KAUTSKIY

KAUTSKIY (Kautsky) Karl (1854.16.10 — 1938.17.10) — Germaniya sotsial-demokratiyasi, 2-Internatsional yetakchilari va nazariyotchilaridan biri. 1883 — 1917-y. larda Germaniya sotsialdemokratiyasi nazariy jur. «Noye sayt» muharriri. 19-a. 80-y. larida va 20-a. boshlarida marksizm ruhida asarlar yozgan, 1885—90 y. larda F. Engels bilan hamkorlik qilgan. Ammo keyinchalik, 1905-y. dan boshlab radikal markschilar (R. Lyuksemburg va b.)ga qarshi keskin kurash boshladi. 1-jahon urushi boshlanganidan soʻng marksizmdan tamoman voz kechdi. Qurolli kurashni emas, balki parlament usulidagi kurashni ijtimoiy inqilobning omili deb bildi. K. Rossiyadagi Oktyabr toʻntarishiga, proletariat diktaturasi oʻrnatilishiga qarshi chiqqan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x