IMOM al-BUXORIY SABOQLARI

«IMOM al-BUXORIY SABOQLARI» — maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy jur. Muassisi — Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi. 2000-y. dan Toshkentda 3 oyda 1-marta nashr etiladi. Imom al-Buxoriyning hayoti, ilmiy merosini oʻrganish va uni keng targʻib qilish, xalqimizni maʼnaviyatimizning mustahkam ildizlaridan biri boʻlgan diniy qadriyatlar bilan kengroq, chuqurroq tanishtirish, ularning keng omma, ayniqsa yoshlar tomonidan sogʻlom idrok etilishiga yordamlashish jur. ning asosiy vazifasidir. Jur. sahifalarida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui faoliyati izchil yoritib boriladi. Jur. ning «Abadiy barhayot kitob», «Muhaddislar sultoni», «Hadislarning ulugʻ hikmati», «Movarounnahrlik buyuk allomalar», «Islom va maʼrifat», «Istiqlol va islom» kabi ruknlari bor. Bosh muharriri Zohidillo Munavvarov. Adadi 1000 nusxa (2002).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x