IBROHIMOV Hojimurod Isroilovich

IBROHIMOV Hojimurod Isroilovich (1935.9.4, Toshkent) — kinorej. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1983). «Oʻzbektelefilm» tashkilotchilaridan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1957). Oʻzbekiston televideniyesida rej. yordamchisi, rej. (1957—64), bosh rej. (1974—79). 1979-y. dan Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rej. Eng yaxshi filmlari: «Jamila», «Yodgor», «Hyp qidirib» (ham spektakl, ham film rej.), «Tugʻilish» (3 qismli telepostanovka) va b. Shuningdek, «Oybek», «Choʻl, qoʻlingni ber!», «Toshkent, 26 aprel 1966-yil», «Kuyla, Sanobar», «Yagona oilada», «Inson uchun», «Davr mening taqdirimda» (D. Salimov bilan hamkorlikda), «Mening Oʻzbekistonim» kabi hujjatli filmlar yaratgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1976).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x