IBROHIM OTA MAQBARASI

IBROHIM OTA MAQBARASI — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (15 — 17-a. lar). Rivoyatlarga koʻra, Xoʻja Ahmad Yassaviyning otasi Ibrohim ota mozori (qabri) ustiga qurilgan deb taxmin qilinadi. Maqbara (tarhi 6,7×9,34 m, bal. 4,5 m) bir xonali, oldi peshtoqli (bal. 5,65 m), gumbaz tomli. Tarzlari bezaksiz, ichkarisi ganch suvoq qilingan. Poliga gʻishtyotqizilgan. Eshik tepasidagi tuynukka panjara ishlangan. Maqbaraning gʻarbida yer sathidan 1,5 m chuqurlikda chillaxona ham bor. Maqbara keyingi asrlarda bir necha marta taʼmir qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x