Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkinmi? (Ginekolog maʼlumoti)

Yotoqxona eshigi ortiga bekitilgan munosabatlar yangi hayot uchun asos boʻladi. Ammo… homiladorlik boshlanishi bilan aynan jinsiy aloqa yuzasidan koʻpgina savollar tugʻiladi. Ayrimlar homiladorlikda jinsiy aloqa qilishdan butunlay voz kechishni taklif qilsa, boshqalar esa er-xotin bir-biridan uzoqlashmasligi kerak, deydi.

Bugun farzand kutayotgan oilalarni qiziqtirgan savollarga oliy toifali shifokor-ginekolog Nilufar BOʻSTONOVAdan javob olamiz.

Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkinmi

Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkinmi?

Agar homiladorlik davrida homila tushish xavfini yuzaga keltiradigan biror sabab boʻlmasa, tugʻruq davrigacha jinsiy aloqani cheklash shart emas. Bundan avvalgi homiladorliklarda muammolar yuzaga kelgan boʻlsa, ayol oʻzining ehtiyotini qilishi lozim. Shuningdek, homiladorlikning birinchi uch oyligi hamda ilgari hayz kelishi kutilgan sanalarda jinsiy aloqaga kamroq kirish tavsiya etiladi. Qatʼiy taqiq esa quyidagi holatlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin:

Bu muhimmi?

Masalaga individual ravishda yondashgan maʼqul. Baʼzi erkaklar kutilayotgan baxtdan sarxush boʻlib, rafiqasiga mehri tovlanib ketsa, baʼzilari homilaga ziyon yetkazmay deya, oʻzini tiyishga harakat qiladi. Masala yechimi uchun juftlik shifokor bilan maslahatlashishi lozim. Shu oʻrinda erkaklarga ikki ogʻiz soʻz: ayolingizni nafaqat tashqi koʻrinishi oʻzgarayapti, balki uning ruhiy kechinmalari ham oldingidan biroz farq qiladi. Uning xohishini ham inobatga olishni unutmang! Jinsiy aloqa davrida erkak homilaga zarar yetkaza olmaydi, negaki u bachadon, yoʻldosh, homila oldi suvlari hamda bachadon boʻynidagi shilimshiq parda bilan himoyalangan.

Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish erta tugʻruqqa sabab boʻladimi?

Bu ayol va homilaning holatiga koʻra aniqlanadi. Homiladorlik davri muammolari, xususan, homila tushishish yoki tugʻruqning erta boshlanish alomatlari kuzatilmayotgan boʻlsa, jinsiy aloqa bilan tugʻruq davriga qadar shugʻullanish mumkin. Biroq ayol va tugʻilajak bolaning hayotiga xavf solishi mumkin boʻlgan holatlar aniqlansa, taxminiy tugʻruq kunidan 6 hafta avval jinsiy aloqa munosabatlarini toʻxtatish tavsiya etiladi.

Noqulaylikni yuzaga keltirmaydimi?

Boʻlishi mumkin. Biroq bu odatiy hol sanaladi. Homila rivojlanayotgani sabab bachadon oʻsadi. Homilador ayol tinch holatda ham kichik tos aʼzolarida ogʻriq, tortishish, belning zirqirashini his qilishi mumkin. Jinsiy aloqa vaqtida esa bu bezovtaliklar yaqqol sezila boshlaydi. Bundan tashqari, homiladorlikning ilk kunlaridanoq koʻkrak sezuvchanligi oshadi, juftingizning erkalashlari ham ogʻriq qoʻzgʻatishi mumkin. Kattalashayotgan qorin ham jinsiy aloqaga xalal berishi mubolagʻa emas. Shu boisdan boʻlajak ona oʻzi uchun qulay holatni tanlab olishi darkor. Cheklov boʻlsa, xohishga koʻra ish tutish tavsiya etiladi. Lekin ayol buni istamasa, uni majburlash yaramaydi.

Nima uchun ayolning xohishlari tez-tez oʻzgarib turadi?

Homiladorlik davrida gormonal holatning oʻzgarishi tufayli ayolning jinsiy moyilligi turlicha boʻladi. Bundan tashqari, bu ayolning homiladorlikdan avvalgi xohishlariga ham bogʻliq. Boʻlajak onada estrogen (ayollar jinsiy gormoni)ning koʻpayishi oqibatida, juftining mehr-muhabbatiga ehtiyoji ortadi. Biroq homiladorlikning ilk uch oyligida koʻpchilik ayollar boshqorongʻulikni oʻtkazadi, bunda esa turli hidlarga sezuvchanlik kuchayishi mumkin. Bu ham jinsiy maylning susayishiga olib keladi.

Homiladorlikda orgazm tugʻruqning boshlanishiga sababmi?

Orgazm vaqtida bachadonning qisqarishi erta tugʻruqqa sabab boʻladi, degan fikr xato sanaladi. Agar bachadon, bachadon boʻyni va homila tugʻruqqa tayyor boʻlmasa, jinsiy ehtiyojning qondirilishi homiladorlikning erta yakun topishiga vaj boʻla olmaydi.

Tugʻruq muddatidan oʻtib ketsa, yaqinlik tavsiya etiladimi?

Bachadon va homila tugʻruqqa tayyor boʻlsayu, lekin tugʻruq dardidan darak boʻlmasa, shifokorlar boʻlajak ota-onalarga jinsiy yaqinlikni amalga oshirishni tavsiya etishadi. Chunki sperma tarkibida bachadon boʻynini tugʻruqqa tayyorlab beradigan prostaglandin moddasi mavjud. Jinsiy aloqaga kirishish mumkin boʻlmagan ayollarga esa tugʻruqxonalarda ushbu modda gel koʻrinishida ayolning bachadoniga yuboriladi. Ammo homila oldi xaltasining yorilishi yoki erkakda infeksion kasallik aniqlanganda jinsiy aloqaga kirish maʼn etiladi.

Homiladorlikda jinsiq aloqa qilishga qatʼiy qarshi koʻrsatmalar mavjudmi?

Qatʼiy chegara yoki taqiqlar mavjud emas. Hamma narsa ayol va homilaning holatiga bogʻliq. Ayrim masalalarni esa er-xotin ginekolog-shifokor bilan maslahatlashib, hal etadi. Homiladorlikning ikkinchi uch oyligi ayolda jinsiy mayl “gullab-yashnayotgan” davr sanaladi. Ayolning organizmi yangi holatga koʻnikkan, boshqorongʻulik ortda qolgan, qorin esa xalal beradigan darajada katta emas. Aksariyat homilador ayollar bu davrdan unumli foydalanib qolishadi.

Erkak mehri nechogʻlik muhim?

Kutilayotgan farzandning otasi, aniqrogʻi yaqin insoning mehri ayolning ham ruhiy, ham jismoniy holatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Agar ayol sevimli ekanligini his qilib tursa, oʻzini ikki karra baxtiyor sezadi. Yoqimli tuygʻular homiladorlik vaqtidagi xavotir va tugʻruqdan qoʻrqishga qarshi samarali vositadir. Qisqasi, ayol jinsiy yaqinlik ortidan koʻtarinki kayfiyatga erishadi.

Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish sogʻlik uchun foydalimi?

Homiladorlik davrida organizmda yuz bergan turli oʻzgarishlar oqibatida ayol organizmi har doimgidan ham koʻproq yaqinlikni talab etishi mumkin. Shuningdek, muntazam yaqinlikka kirishish organizmni tugʻruqqa tayyorlaydi, toʻqimalarning kerakli darajada egiluvchanligiga erishiladi. Bu esa tugʻruq payti qinda yoriqlar yuzaga kelmasligini taʼminlaydi.

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш

Бош саҳифа » Jinsiy hayot » Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkinmi? (Ginekolog maʼlumoti)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x