Homiladorlikda qon bosimi ko‘tarilganda nima qilish kerak?

Homiladorlikda qon bosimi ko‘tarilganda nima qilish kerak?

🔻 Har bir homilador ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va albatta, qon bosimini nazorat qilib turishi lozim. Agarda qon bosimi oshgan bo‘lsa, uni davolash kerak bo‘ladi.

🤰Homiladorlarda qon bosimining oshishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
📍 buyraklarda surunkali kasalliklar mavjudligi;
📍 homilador bo‘lishdan oldin qon bosimi baland bo‘lganligi.

⚠️ Agar qon bosimi tushirilmasa, quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:
🔹 yo‘ldosh ko‘chishi;
🔹 qon ketishi;
🔹 to‘r parda ko‘chishi va ko‘r bo‘lib qolish;
🔹 bosh miya qon aylanishining buzilishi;
🔹 tutqanoqlar;
🔹 homilaga kislorod yetishmasligi va nobud bo‘lishi;
🔹 bola rivojlanishining ortda qolishi.

✅ Qon bosimi ko‘tariluvchi homilador ayollar shifokor nazoratida turishi lozim.

✍️Shifokor Akbar Madaliyev

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x