Homiladorlikda iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar

Homiladorlikda iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar

🥚Xom tuxum o‘tkir ichak infeksiyasi — salmonellyoz chaqiradi. O‘limga sabab bo‘lmaydi, biroq kuchli diareya va qayt qilish bilan kechadi. Ular esa suvsizlikni keltirib chiqaradi. Bu holat esa yomon: homilada normal qon aylanishi va bachadondagi amniotik namlik darajasiga bog‘liq. Suv yetishmasligi homila rivojlanishidagi buzilishlarga olib kelishi mumkin.

🥩Xom go‘sht, steyk, xom dudlangan kolbasalar, yaxshilab qovurilmagan qiyma. Parazitlar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Masalan, toksoplazmalar bilan. Ular yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tib, homilalaning rivojlanishida jiddiy buzilishlarni chaqirishi mumkin.

🐠Xom baliq. Ayniqsa, soy va okean yovvoyi balig‘i, mollyuska (ustrisa, midiyalar), dudlangan baliqning barcha turlari va sushini ehtiyotkorlik bilan xarid qilish kerak. Go‘sht kabi baliq ham parazitlar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun baliqlarni pishirib iste’mol qilish kerak.

🧀Yumshoq pishloqlar. Oq mog‘orli yumshoq pishloqlar — bri va kamamber; ko‘k rangdagi mog‘orli pishloqlar — gorgonzola, rokfor. Namlik yuqori bo‘lgani hisobiga bunday pishloqlar juda ko‘plab bakteriyalar rivojlanishi uchun ideal muhitga aylanadi. Ideal variant — qattiq pishloq (chedder, parmezan, stilton va boshqalar) iste’mol qilish: u xavfsiz.

🥩Jigarli pashtet va kolbasa, treska jigaridan olingan baliq moyi ham. A vitamini bu mahsulotlarda juda ko‘p. Uning ko‘p miqdorda bo‘lishi esa homilada tug‘ma defektlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

🥛Pasterizasiya qilinmagan sut, shunday sutdan tayyorlangan yogurt va muzqaymoq. Pasterizasiya qilinmagan sut – termik ishlov berilmagan mahsulot. Shuning uchun bo‘lajak bola uchun o‘ta xavfli listeriyalar uning tarkibida bo‘lishi mumkin.

☕️Kofeinli mahsulotlar. Bu nafaqat qahva, balki ko‘k choy, shokolad, kola, energetik ichimliklar, shuningdek, shamollash va grippga qarshi ayrim dori vositalari. Ushbu moddaning yuqori miqdori bola tug‘ilganida vazni kam bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Kuniga 200 mg.dan ko‘p iste’mol qilmaslikning o‘zi kifoya.

🍓Yaxshilab yuvilmagan meva va sabzavotlar. Shuningdek tuproqqa yaqin o‘suvchi rezavor mevalar – qulupnay, smorodina. Toksoplazmoz va botulizmni chaqiruvchi bakteriyalar tuproqda yashaydi. Shu sababli mevalarni yaxshilab yuvib iste’mol qilish kerak.

Kanalga ulanish:👉 @Gynecology_uz (https://t.me/gynecology_uz)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x