HOJI GAZ-KONDENSAT KONI

HOJI GAZ-KONDENSAT KONIBuxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi kon. Gazli sh. dan 50 km jan. da 1969-y. topilgan va ishga tushirilgan. Kon Chorjoʻy tektonik pogʻonasidagi Chorjoʻy koʻtarilmasining shim. qismida joylashgan, gʻarbiy qismida 4 ta kichik qubbasimon struktura mavjud. Hoji gaz-kondensat konida paleozoy erasi, yura, boʻr, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr jinslarida jami 14 ta burgʻi qudugʻi qazilgan. Sanoat miqyosidagi gazlilik yuqori yura davrining kar-bonat jinslaridagi gorizontlarda aniqlangan.

15—1gorizontning oʻrta qismida mahsuldor qat joylashgan boʻlib, 2151— 2177 m chuqurlikda ochilgan, karbopat, gil va angidritlardan tarkib topgan. Gaz uyumining oʻlchami 8×6,3 km, bal. 30 m. 15—2gorizont 2175—2203 chuqurlikda ochilgan, kar-bonat yotqiziqlarining quyi qismida joylashgan. Gaz uyumining oʻlchami 7×6 km, bal. 26 m.

Gaz uyumlari tipi qatlamli, gumbazli. Ikkala gorizontdagi gazlarning kimyoviy tarkibi bir-biriga oʻxshash. Gaz zichligi 0,630 g/sm quruq, oʻrtacha kondensatli, yuqori oltingugurtli, kam azotli. Kondensat ogʻir (0,82 g/smʻ), oltingugurtli, kam azotli. Hoz. kunda kon sanoat miqyosida foydalanishga tayyorlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x