CHATISHTIRISH

CHATISHTIRISHurugʻlanish jarayonida irsiy jihatdan birbiriga oʻxshamaydigan ikkita jinsiy hujayra (gameta)ning tabiiy yoki sunʼiy qoʻshilishi. Chatishtirish natijasida paydo boʻlgan nayel gen boʻyicha geterozigotali holatda turadi. Uning birbiriga oʻxshash boʻlmagan otaona gametalari bilan turli allellari duragay murtakka (zigotaga) oʻtgan boʻladi. Duragay organizm otaonasining belgi va xususiyatlariga ega boʻlish bilan birga, otaonasining jinsiy hujayralari orqali ularga oʻtgan irsiy imkoniyatlarning muayyan juftlashishi, rivojlanishi va namoyon boʻlishi kabi xususiyatlarga ham ega boʻladi. Tanlash, odatda, duragaylarning ikkinchi boʻgʻinida oʻtkazilib, koʻpincha beshinchioltinchi boʻgʻinlargacha, gomozigotali nusxalar olingungacha takrorlanadi (q. Gomozigotalik). Duragayda otaonadan birortasining belgi xususiyatlarini kuchaytirish uchun takroriy (bekkross) Ch. (avlodni ota yoki ona shakli bilan kayta Chatishtirish) oʻtkaziladi.

Oʻsimliklar amaliy seleksiyasida oddiy va murakkab Chatishtirish qoʻllaniladi. Ikkita onaona shakllari oʻrtasida bir marotaba oʻtkazilgan chatishtirish oddiy Chatishtirishga kiradi (q. Juft chatishtirish). Ch. ga birinketin ikkitadan ortiq otaona shakllari jalb etilsa, murakkab Chatishtirish hisoblanadi (q. Duragaylash).

Chorvachilikda mollarning nayel sifatini oshirish hamda yangi sermahsul zotlarni yaratishda Chatishtirish ning: a) qon quyish; b) qon singdirish; v) zavod chatishtirishi; g) sanoat chatishtirishi; d) navbatli chatishtirish usullari qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston chorvachiligida mahalliy qoramollarni shvis zoti b n Ch. ning qon singdirish usulida qoʻngir tusli qoramol podalari shakllashirilgan. Chatishtirishning murakkab zavod usulida bushuyev zoti yaratilgan. Chatishtirishning qon quyish usulida respublikada rnlashtirilgan barcha zotlar «yaxshilovchi» zotlar bilan takomillashtirilmoqda. Chatishtirishning sanoat usuli sut yoʻnalishidagi qoraola va qizil choʻl zotlari, goʻsht yoʻnalishidagi gereford, aberdinangus, sharole, kian, santagertruda va b. zotlar bilan juftlashtirishda qoʻllanilib, tez yetiluvchan va serpusht boʻlgan birinchi chatishma avlodlari olingan.

Duragay va chatishmalar oʻsimlik hamda hayvonlarning xoʻjalik jihatidan foydali belgilari boʻyicha tanlash, saralash, yangi zotlar va navlar yetishtirish uchun dastlabki material boʻladi.

Bahodir Normatov, Ubaydulla Nosirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x