HISOR TIZMASI

HISOR TIZMASI — Oʻrta Osiyodagi togʻ tizmasi. Pomir-Olay togʻlarining gʻarbiy qismida (Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalarida), Zaraf-shon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarining suvayirgʻichi. Uz. 200 km. Oʻrtacha bal. 3600 m. Eng baland joyi 4643 m (Dukdon togʻi). Asosan, paleo-zoy va mezozoy davri granit intru-ziyalari yorib chiqqan kristalli jinslar, granodiorit, slanes va qum-toshlar, gips, konglomerat, dolomit va b. dan tashkil topgan.

Hisor tizmasining markaziy qismida (2195 m balandlikda) xushmanzara Iskan-darkoʻl joylashgan. Shim. yon bagʻri ancha tik va qoyali, jan. yon bagʻri esa qiya boʻlib, keng platolar va unumdor vodiylar bor. H. t. ning tuzilishi juda murakkab boʻlib, unda bir qancha baland togʻ massivlari, dovonlar mavjud.

Relyefi murakkab, qoyali. koʻp joylari parchalangan. Suvayirgʻich qismi va yon bagʻirlarida tekislangan yuzalar tarqalgan, zich va dara shaklidagi daryolar bilan chuqur kesilgan. Gips va ohaktoshlar tarqalgan joylarida karst relyef shakllari (karrlar, karst voronkalari, botiqlari, quduqlari, gʻorlari) uchraydi. Bunday joylarni mahalliy aholi «ming chuqur» deb ataydi. Ohaktoshlarda tik va qoyali kues-talar hosil boʻlgan. Hisor tizmasining shim. va gʻarbiy yon bagʻirlarini Zarafshon, Qashqadaryo, jan. yon bagʻrini Yarxin, Sarbogʻ, Kofarnihon, Varzob, Xona-ka, Lyubach, Qoratogʻdaryo, Shirkent, Toʻpolondaryo va b. daryolar chuqur daralar hosil qilib kesib oʻtadi. Hisor tizmasida kelib chiqishi har xil (morena, toʻgʻon, karst) koʻllar (Iskandarkoʻl, Hazor-chashma, Koʻlikalon, Alovuddin, Ziyo-rat va b.) mavjud. 180 ga yaqin muzlik boʻlib, mayd. 148,4 km2 dan ortiq. Hisor tizmasida surma, volfram, simob, qalay, flyuorit, dolomit konlari va issiq buloqlar bor. Yozi salqin, qisqa, qishi sovuq, sernam, 2000 m balandlikda iyulning oʻrtacha t-rasi 20° boʻlsa, 3600 m balandlikda 0° ga tushib qoladi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 3300 m balandlikda —15°. Yillik yogʻin jan.-gʻarbiy yon bagʻrida 600—1200 mm, shim.-sharqiy yon bagʻrida 300—400 mm. 1200 m balandiklarda tipik va toʻq boʻz tuproqlar tarqalgan. Bahorda efemer va efemero-idlar, bugʻdoyiq, shuvoq oʻsadi. Butalardan achchiqbodom, qaragʻat, doʻlana va b. uchraydi. Yaylovlarda chorva boqiladi. 1200—2500 m balandliklar orasidagi togʻ jigarrang, togʻ-oʻrmonqora tuproqlar, togʻ oʻ-rmon-qoʻngʻir tuproqlarda archazorlar bor. 2500 m dan yuqorida alp oʻtloqlari boshlanadi.

Yovvoyi sut emizuvchi hayvonlardan togʻ echkisi, togʻ qoʻyi, ayiq, tul-ki, suvsar, boʻrsiq, qor qoploni, silovsin, qizil sugʻur, qushlardan togʻ kur-kasi (ular), tasqara, kaklik va b. yashaydi. Tizma hududidagi noyob oʻsimlik va hayvonlar hamda noyob geologik yodgorliklarni oʻrganish va ularni muho-faza qilish maqsadida Hisor, Koʻqitang, Kitob paleontologik-stratigrafik qoʻriqxonalari tashkil etilgan.

Murod Mamatqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x