HODI FAYZI

HODI FAYZI (1895, Avliyoota — 1937) — maʼrifatparvar. Boshlangʻich taʼlimni qishloq maktabida olgan, soʻngra Ufadagi Gʻoliya yangi usul madrasasida oʻqigan. 1910-y. Turkistonga kelib maʼrifatparvarlik faoliyati bilan shugʻullangan. Turkiston oʻlkasi qishloq va shaharlarida oʻqituvchilar tayyorlash kurslarini ochgan. 1917-y. gacha «Ozod» gaz. muharriri. Mahalliy millat vakillaridan oʻqituvchilar tay-yorlaydigan Qoʻqon xalq un-tini tashkil etishda qatnashgan (1918), shu un-t oʻqituvchisi, «Xalq gazetasi» muharriri. Skobelev (Fargʻona) sh. da viloyat oʻqituvchilar kurslarini tashkil etgan, mat. dan dars bergan (1919). Maorif in-tida mat. oʻqituvchisi (1920). 1921—22 y. larda partiya ishlarida. Moskvadagi oʻzbek talabalari oʻqiydigan «Buxoro maorif uyi» direktori. H. F. Oʻzbekistonda nashriyot ishi taraqqiyotida faol qatnashgan. 1937-y. dek. da qatagʻon qilingan. Iqtisodiyot nazariyasi va tarixga oid asarlar yozgan. 1956-y. oqlangan. Samarqand sh. dagi koʻchalardan biriga nomi berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x