HAYDAROBOD SULTONLIGI

HAYDAROBOD SULTONLIGI — Hindistondagi sultonlik (1724— 1950). Unga telugu, maratha, kannara va b. xalqlar yashaydigan hududlar kirgan. Boburiylar davlati tanazzulga uchrab, mayda sultonlik, knyazlik va b. ga boʻlinib ketgach, vujudga kelgan. 1724-y. Boburiylarning Bijopur va Gol-kondadagi nizomulmulk unvoniga ega boʻlgan noibi Asaf Jah oʻzini mustaqil hukmdor deb eʼlon etgan va Haydarobod sultonligiga asos solgan. Sultonlikning keyingi hukmdorlari ham nizomulmulk deb atatgan. Angliyaning Ost-Indiya kom-paniyasi 1798-y. H. s. ni teng huquqli boʻlmagan shartnoma tuzishga majbur etgan. Natijada sultonlik oʻzini himoya qilish, mustaqil diplomatik aloqalar olib borish huquqidan mahrum boʻlgan. Sultonlikka ingliz rezidenti tayinlangan. 1947-y. Hindistonda mus-taqillik eʼlon qilingach, nizomul-mulk Haydarobod sultonligining Hindiston ittifoqiga qoʻshilishiga qarshilik koʻrsatgan, ammo sultonlik aholisining tazyiqi ostida (Telingana qoʻzgʻoloni) itti-foqqa qoʻshilish toʻgʻrisidagi shartno-maga imzo chekkan. 1950-y. da Haydarobod sultonligi shtatga aylantirilgan. Nizomulmulk hokimiyati cheklangan; ammo u rajpramukh (ij-roiya hokimiyat boshligʻi) sifatida shtatni boshqargan. 1956-y. gi maʼmuriy islohotdan soʻng Haydarobod shtati tugatilib, uning hududi Andhra-Pra-desh, Maysur va Bombey (1960-y. dan Gujarot va Maharashtra shtatlariga boʻlingan) shtatlariga qoʻshilgan. Ni-zomulmulk qoʻlida faqat unga tegishli koʻchmas mol-mulk, xazina qolgan; unga nafaqa tayinlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x