CHJURCHJENLAR

CHJURCHJENLAR, chjulichjen, nyuychjen, nyuychji — tungus qabilalaridan. Qadimdan Manjuriyaning sharqiy qismida yashaganlar. 10-a. gacha mustaqil boʻlishgan, Xitoy va Koreya bilan aloqalari boʻlgan. 10—11a. larda kidanlarta tobe boʻlganlar. 11-a. boshida Chjurchjenlar qabilalari 1114-y. kidanlarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan Aguda tomonidan birlashtirilgan. Natijada Chjurchjenlar mustaqil Szin davlati (1115 — 1234)ni barpo etganlar, keyinchalik bu davlat moʻgʻullar tomonidan tugatilgan. Moʻgʻullar davrida Chjurchjenlar yana bir necha kabila guruxlariga parchalanib, 16-a. gacha Sharkiy Osiyo tarixida aytarli rol oʻynamaganlar. 16-a. oxiridan Chjurchjenlarning «Szyanchjou nyuychjilari» deb atalmish guruhidan oqsoqol Nurxatsi siyosat maydoniga chiqqan. U 1583—1625-y. lar mobaynida nafaqat Szyanchjou kabilalarini, balki keyinchalik «manjurlar» deb nom olgan boshka qabilalarni ham birlashtirishga muvaffaq boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x