CHIGANOV Georgiy Ivanovich

CHIGANOV Georgiy Ivanovich (1925.24.8, Qozogʻiston, Kalenoye qishlogʻi) — grafik rassom. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1954). Kitobjurnal grafikasi va dastgoh grafikasida ijod qilgan Chiganov ijodiga lirizm, yorqinlik xos; asarlarida inson kayfiyati bilan tabiatning hamohangligi yetakchilik qiladi. Kitob grafikasida E. Mejelaytisning «Inson», P. Hamzatovning «Yuksak yulduzlar», Navoiyning «Saddi Iskandariy» va b. asarlarni badiiy bezagan. Oʻzbekistonning tarixi va hayotini umumlashtiruvchi «Oʻzbekistonning yoshligi» linogravyuralar turkumini; akvaredda «Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari boʻylab», «Boysun», «Shohimardon», «Baxmal qoʻshiklari», «Xiva», «Toshkent tongi» kabi asarlar turkumini yaratdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x