GYOTTINGEN UNIVERSITETI

GYOTTINGEN UNIVERSITETI, Georg Avgust nomidagi Gyottingen unti — Germaniyaning yirik un-tlaridan biri. 1737-y. Gyottingen sh. da tashkil etilgan. 19-a. boshlarida madaniy va milliy siyosiy harakat markazlaridan biriga aylangan. Mashhur prof. lar (matematik G. Gauye, tarixchi F. Dalman, filologlar aka-uka Ya. va B. Grimmlar) faoliyati tufayli un-tda tarix, siyosiy, tabiiy va mat. fanlari yetakchi mavqega ega boʻldi. Gyottingen universitetida B. Riman, F. Kleyn, D. Gilbert, G. Minkovskiy kabi matematiklar ishlagan. Un-t teologiya, yuridik va siyosiy fanlar, tibbiyot, falsafa, iqtisod, ijtimoiy fanlar, tabiiy mat., oʻrmonchilik, q. x. va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 30 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 2 mln. dan ortiq asar saqpanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x